O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Geologiya sohasiga investitsiyalarni faol jalb etish, tarmoq
korxonalarini transformatsiya qilish va respublika mineral-xomashyo bazasini
kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Geologiya
sohasi korxonalarini ilg‘or xalqaro tajriba asosida transformatsiya qilish
orqali ularda samarali boshqaruv tizimini joriy etish, foydali qazilmalarning
yangi konlarini ochishga yo‘naltirilgan geologiya-qidiruv ishlari tannarxini
pasaytirish, konlarni sanoatda o‘zlashtirish uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy
investitsiyalar oqimini ko‘paytirish, Davlat geologiya va mineral resurslar
qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Davlat geologiya qo‘mitasi) faoliyatini tubdan
isloh qilish hamda hududlarda zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil
etish va yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida:
1.
Moliya vazirligi va Davlat geologiya qo‘mitasining geologiya sohasi tizimida
respublika mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash davlat
dasturlari (keyingi o‘rinlarda — davlat dasturlari) doirasida geologiya-qidiruv
ishlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi alohida yuridik shaxs maqomiga ega
bo‘lgan, “Qizilqumgeologiya” AJ, “Samarqandgeologiya” AJ, “Surxongeologiya” AJ,
“Hisorgeologiya” AJ, “Toshkentgeologiya” AJ, “Markaziy laboratoriya” DUK va
“Geoburtexnika” DUKlarni birlashtirish yo‘li bilan ular negizida “O‘zbek
geologiya qidiruv” AJ (keyingi o‘rinlarda — Aksiyadorlik jamiyati) tashkil
etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
2.
Quyidagilar Aksiyadorlik jamiyatining asosiy vazifalari etib belgilanganligi
ma’lumot uchun qabul qilinsin:
sohaga
zamonaviy va yuqori samarali uskunalarni, ilg‘or texnika va innovatsion
texnologiyalarni joriy etish hisobiga geologiya sohasini modernizatsiya
qilishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish;
geologiya-qidiruv
ishlari samaradorligi va natijadorligini oshirish hamda xarajatlarni
maqbullashtirish orqali xizmatlar tannarxini kamaytirishga qaratilgan tizimli
ishlar olib borish;
zamonaviy
korporativ boshqaruv tizimini joriy etish, moddiy-texnik, moliyaviy va mehnat
resurslaridan unumli foydalanish orqali faoliyatning operatsion samaradorligini
oshirish;
zamonaviy
raqamli texnologiyalarni qo‘llash hisobiga sohada bajariladigan ishlarning
raqobatbardoshligini ta’minlash va geologiya-qidiruv ishlarini nafaqat
respublika hududida, balki xorijiy davlatlarda, xalqaro tendyerlar g‘olibi
sifatida bajarish;
hududlarda
geologiya-qidiruv ishlarini jadal amalga oshirish orqali respublika
mineral-xomashyo bazasi rivojlantirilishini ta’minlash.
Aksiyadorlik
jamiyati tomonidan xalqaro moliya institutlari va konsalting tashkilotlari
yordamida, 2025-yilda aksiyalarini ommaviy ravishda birlamchi va ikkilamchi
joylashtirish orqali investorlar jalb etilishi belgilab qo‘yilsin.
3.
Moliya vazirligi, Davlat geologiya qo‘mitasi Aksiyadorlik jamiyati tashkil
etilganidan so‘ng:
bir
oy muddatda Aksiyadorlik jamiyati tarkibida transformatsiya bo‘yicha
islohotlarni amalga oshirishni, korporativ boshqaruv va xalqaro standartlarning
zamonaviy tizimlarini joriy etishni hamda jamiyatning moliyaviy-iqtisodiy
faoliyatini muvofiqlashtirish vazifalarini bajaruvchi Loyiha ofisi tashkil
etilishini ta’minlasin;
bir
oy muddatda Aksiyadorlik jamiyati kuzatuv kengashi tarkibining kamida 30
foizini malakali xorijiy tajribaga ega soha mutaxassislari bilan to‘ldirsin;
uch
oy muddatda Aksiyadorlik jamiyati rahbarining o‘rinbosari — moliyaviy direktor
(CFO) lavozimini joriy etib, unga yuqori malakali hamda o‘xshash loyihalarda
ish tajribasiga ega bo‘lgan xalqaro ekspert jalb etilishini ta’minlasin.
4.
Quyidagilar:
Davlat
geologiya qo‘mitasi tizimida faoliyat yuritayotgan korxonalarni isloh qilish,
sohaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish va raqamlashtirishni keng
joriy qilish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 1-ilovaga muvofiq;
Davlat
geologiya qo‘mitasining yangi tashkiliy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
2021-2022-yillarda
foydali qazilmalarning yangi konlarini aniqlash uchun istiqbolli maydon va strukturalarda
bajariladigan geologiya-qidiruv ishlarining asosiy yo‘nalishlari 3-ilovaga muvofiq;
2021-2022-yillarda
respublika mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash uchun
foydali qazilma zaxiralarini ko‘paytirishning asosiy ko‘rsatkichlari 4-ilovaga muvofiq;
2021-2022-yillarda
“Olmaliq KMK” AJ tomonidan birlashgan Qalmoqqir va Yoshlik-I konlarining qayta
baholanishi hisobiga foydali qazilma zaxiralarini ko‘paytirishning asosiy
ko‘rsatkichlari 5-ilovaga
muvofiq tasdiqlansin.
5.
Belgilab qo‘yilsinki:
davlat
dasturlari doirasida Davlat geologiya qo‘mitasi buyurtmasiga muvofiq amalga
oshiriladigan geologiya-qidiruv ishlariga shartnomalar asosida qo‘mita
tomonidan yo‘naltiriladigan mablag‘lar geologiya sohasi tashkilotlari ustav
fondiga kapitalizatsiya qilinmaydi;
geologiya-qidiruv
ishlari natijasida aniqlangan yangi maydon va strukturalar, shuningdek, foydali
qazilmalarning yangi ochilgan konlari Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan
qonunchilik bilan o‘rnatilgan tartibda salohiyatli investorlar jalb etiladigan
investitsiya obyektlari hisoblanadi;
2022-yildan
boshlab, yer qa’ridan foydalanuvchilar har yili 1-fevralga qadar geologiya
qidiruv ishlari va foydali qazilma zaxiralarini ko‘paytirishning o‘tgan yilda
erishilgan natijalari hamda joriy yilga rejalashtirilgan hajmi bo‘yicha
tegishli ma’lumotlarni Davlat geologiya qo‘mitasiga taqdim etishi talab
etiladi;
Davlat
geologiya qo‘mitasi tomonidan 2020-yilgi davlat dasturi doirasida tayyorlangan
15 ta neft va gazga istiqbolli maydonlarda 2021-yilda bajariladigan
qidiruv-burg‘ilash ishlari “O‘zbekneftgaz” AJning o‘z mablag‘lari yoki u
tomonidan jalb etiladigan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
6.
Davlat geologiya qo‘mitasi va “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan amalga oshiriladigan
neft va gaz maydon hamda konlarida geologiya qidiruv ishlarini rivojlantirish
bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi 6-ilovaga
muvofiq tasdiqlansin.
Bunda,
Davlat geologiya qo‘mitasi va “O‘zbekneftgaz” AJ ushbu chora-tadbirlarning
belgilangan muddatlarda bajarilishiga mas’ul etib belgilansin.
7.
Davlat geologiya qo‘mitasi, Moliya vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi
savdo vazirligining geologiya sohasi investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga
yo‘naltirilgan:
geologik
jihatdan kam o‘rganilgan yer qa’ri uchastkalarini xalqaro standartlar asosida
bloklar (maydonlar)ga ajratish tizimini joriy etish;
xalqaro
standartlar asosida ajratiladigan blok (maydon)dan geologik jihatdan o‘rganish
uchun foydalanish huquqini beradigan ruxsatnomani olish uchun bir martalik
imzoli bonus o‘rniga blok (maydon)ning o‘lchami va u yerdagi foydali qazilma
turini hisobga oladigan har yillik to‘lovni hamda geologik-qidiruv ishlarini
bajarish uchun yillik minimal xarajatlar miqdori bo‘yicha talabni joriy etish;
kam
o‘rganilgan yer qa’ri uchastkalaridan geologik jihatdan o‘rganish uchun
foydalanish huquqini beradigan ruxsatnomalarni investorlarning murojaatiga
muvofiq Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan “birinchi kelgan birinchi oladi”
prinsipi asosida O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari
portali orqali onlayn tarzda berish;
o‘rganilganlik
darajasi va kon ochish salohiyati yuqori bo‘lgan maydonlardan geologik jihatdan
o‘rganish uchun foydalanish hamda aniqlangan konlardan foydali qazilmalarni
qazib olish uchun foydalanish huquqini beradigan ruxsatnomalarni “E-AUKSION”
yagona elektron savdo maydonchasida o‘tkaziladigan auksion natijalariga ko‘ra
berish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Mazkur
takliflar yangi tahrirda ishlab chiqilayotgan O‘zbekiston Respublikasining “Yer
osti boyliklari to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasida nazarda tutilsin.
8.
Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Davlat
geologiya qo‘mitasiga auksionga qo‘yilmagan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish
huquqini olish uchun investordan murojaat kelib tushgan taqdirda, ushbu yer qa’ri
uchastkasidan foydalanish huquqi uchun ruxsatnoma “E-AUKSION” yagona elektron
savdo maydonchasi orqali qonunchilik bilan o‘rnatilgan tartibda auksionga
qo‘yiladi;
yer
qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini “E-AUKSION” yagona elektron savdo
maydonchasi orqali realizatsiya qilishda, auksion o‘tkazilmagan deb hisoblangan
holda, ariza ayni ishtirokchidan ikki marotaba bir xil yer qa’ri uchastkasi
bo‘yicha taqdim etilgan bo‘lsa, bunday ishtirokchi ikkinchi auksion
natijalariga ko‘ra “yagona talabgor” tamoyili asosida g‘olib deb e’lon
qilinadi.
9.
Davlat geologiya qo‘mitasi uch oy muddatda respublika mineral-xomashyo bazasini
kengaytirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqib, jahon bozori konyunkturasi
va ilg‘or ilmiy-texnik yutuqlarni aks ettirgan holda, besh yillik davrni qamrab
olgan kon-geologiya sohasini istiqbolli rivojlantirish konsepsiyasini ishlab
chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
10.
Toshkent shahar hokimligi, Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat
geologiya qo‘mitasining:
Geologiya
fanlari universiteti binolari qurilishining birinchi bosqichini (o‘quv binosi,
yotoqxona, ilmiy-tadqiqot institutlari binolari, geologik muzey binosi)
tugallash va ularni foydalanishga topshirish muddatini 2021-yil dekabrgacha
uzaytirish;
Toshkent
shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Olimlar ko‘chasi, 64 va 49-uy manzillarida
joylashgan Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti hamda H.M.
Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti binolarini buzish hamda
ularning o‘rnida ikkita yangi yetti qavatli binolarni barpo etish;
2021-yilda
qurilishining ikkinchi bosqichida bo‘lgan Davlat geologiya qo‘mitasi apparati,
Geologiya fondi, Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi,
Aksiyadorlik jamiyati, Davlat geologiya axborot markazi binolari qurilishini
yakunlash to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
11.
Belgilab qo‘yilsinki:
a)
Davlat geologiya qo‘mitasi tarkibiga kiruvchi, sohaga oid bo‘lmagan aktivlarni
sotishdan tushgan mablag‘lar to‘liq davlat budjetiga yo‘naltiriladi;
b)
Geologiya fanlari universiteti klasteri qurilishini yakunlash uchun zarur
mablag‘lar:
2021-yil
uchun davlat budjeti hisobidan Davlat geologiya qo‘mitasi uchun ajratilgan
mablag‘lar, shuningdek, davlat budjetiga yo‘naltiriladigan Davlat geologiya
qo‘mitasi tarkibiga kiruvchi, sohaga oid bo‘lmagan aktivlarni sotishdan
tushadigan mablag‘lar;
2021
— 2023-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish
infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida iqtisod qilingan mablag‘lar
hamda o‘zlashtirilmagan mablag‘larni qayta taqsimlash hisobidan ajratiladi.
Iqtisodiy
taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Moliya vazirligi va Davlat
geologiya qo‘mitasi bilan birgalikda mazkur band talablaridan kelib chiqib,
Vazirlar Mahkamasiga Geologiya fanlari universiteti klasteri qurilishini
yakunlash uchun zarur mablag‘larni ajratish bo‘yicha takliflar kiritilishini
ta’minlasin.
12.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 7-ilovaga muvofiq
o‘zgartirishlar kiritilsin.
13.
Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib
Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisi B.F. Islamov belgilansin.
Qaror
ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini
muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining
o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent
sh.,
2021-yil
21-aprel,
PQ-5083-son
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi PQ-5083-son qaroriga
1-ILOVA
Davlat geologiya
qo‘mitasi tizimida faoliyat yuritayotgan korxonalarni isloh qilish, sohaning
investitsiyaviy jozibadorligini oshirish va raqamlashtirishni keng joriy qilish
bo‘yicha
“YO‘L XARITASI”
T/r |
Tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Ijro muddati |
Mas’ul ijrochilar |
I. Davlat geologiya qo‘mitasi tizimida faoliyat yuritayotgan korxonalarni isloh qilish |
||||
1. |
“Markaziy laboratoriya” DUK, “Samarqandgeologiya” AJ, “Surxongeologiya” AJ, “Toshkentgeologiya” AJ, “Qizilqumgeologiya” AJ, “Geoburtexnika” DUK va “Hisorgeologiya” AJlarni qo‘shib yuborish orqali ular negizida “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ tashkil etish*. |
1. Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan “Markaziy laboratoriya” DUK va “Geoburtexnika” DUKni aksiyadorlik jamiyatiga aylantirish to‘g‘risida Hay’at qarori qabul qilish. |
2021-yil aprel |
Davlat geologiya qo‘mitasi (B. Islamov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov), Moliya vazirligi (O. Nasritdinxodjayev) |
2. “Markaziy laboratoriya” DUK va “Geoburtexnika” DUK mol-mulklarini xatlovdan o‘tkazish, davlat unitar korxonalarining ustav kapitali miqdorida aksiyadorlik jamiyatlari ustav kapitallarini belgilagan holda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish. |
2021-yil may |
|||
3. “Markaziy laboratoriya” AJ va “Geoburtexnika” AJ aksiyalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va Moliya vazirligiga joylashtirish. |
2021-yil may |
Moliya vazirligi (O. Isakov) |
||
4. “Markaziy laboratoriya” AJ, “Samarqandgeologiya” AJ, “Surxongeologiya” AJ, “Toshkentgeologiya” AJ, “Qizilqumgeologiya” AJ, “Geoburtexnika” AJ va “Hisorgeologiya” AJlarni qo‘shib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilish, qo‘shib yuborish, shu jumladan aksiyalarni nominal qiymatda ayirboshlash haqida shartnoma tuzish. |
2021-yil iyun |
Moliya vazirligi |
||
5. “O‘zbek geologiya qidiruv” AJni ro‘yxatdan o‘tkazish. |
2021-yil iyul |
Moliya vazirligi |
||
6. “Mineral resurslar instituti” Davlat muassasasiga tegishli “Ingichka tajriba texnologik ekspeditsiyasi”ni “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ tarkibiga kiritilishini ta’minlash. |
2021-yil iyul |
|||
7. “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ tarkibida transformatsiya islohotini amalga oshirish, korporativ boshqaruv va xalqaro standartda zamonaviy tizimlarni joriy etish hamda jamiyatning moliyaviy-iqtisodiy faoliyatini muvofiqlashtirish vazifalarini bajaruvchi Loyiha ofisini tashkil etish. |
2021-yil avgust |
Moliya vazirligi |
||
8. “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ kuzatuv kengashiga xorijiy tajribaga ega mutaxassislarni jalb etish orqali kuzatuv kengashi tarkibining kamida 30 foizini malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish. |
2021-yil avgust |
|||
9. “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ rahbarining o‘rinbosari — moliyaviy direktor lavozimini joriy etib, unga yuqori malakali hamda o‘xshash loyihalarda ish tajribasiga ega bo‘lgan xalqaro ekspertni jalb etish. |
2021-yil noyabr |
|||
2. |
“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ da moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar asosida yuritilishini ta’minlash va xalqaro kredit reytingini olish. |
1. Korporativ kredit reytingini olish bo‘yicha ish-reja jadvalini ishlab chiqish va Moliya vazirligiga taqdim etish. |
2021-yil sentyabr |
Moliya vazirligi |
2. Hisobot davri uchun moliyaviy hisobotlarni xalqaro moliyaviy hisobotlar standartlari (IFRS) asosida tayyorlash. |
2022-yil iyun |
|||
3. Korporativ kredit reytingini olish uchun xalqaro reyting agentliklarini jalb qilish. |
2022-yil iyul |
|||
4. Tanlangan reyting agentligi tomonidan “O‘zbek geologiya qidiruv” AJga xalqaro kredit reytingini olish va olingan kredit reytingi press-relizini OAVda e’lon qilish. |
2022-yil dekabr |
|||
3. |
“O‘zbek geologiya qidiruv” AJga “PwC” (Pricewaterhouse Coopers) xalqaro konsalting tashkilotini jalb qilgan holda operatsion samaradorlikni oshirish hamda o‘rta va uzoq muddatli rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish. |
1. Ishlab chiqarish jarayonlarining samaradorligini tahlil qilish va jarayonlarning maqsadli modelini ishlab chiqish. |
2021-yil noyabr |
Moliya vazirligi |
2. Jarayonlarning maqsadli modelini tatbiq qilishda ishtirok etadigan xodimlarni o‘qitish. |
2022-yil yanvar |
|||
3. Ta’mirlash va xizmat ko‘rsatish ishlari bo‘yicha strategiyani va texnik siyosatni shakllantirish. |
2022-yil aprel |
|||
4. Tizimni yo‘lga qo‘yish va Loyiha amalga oshirilishini baholab borish. |
2022-yil may |
|||
5. Loyiha natijalariga ko‘ra rivojlanishning o‘rta va uzoq muddatli rejasini moliyaviy sog‘lomlashtirishni inobatga olgan xolda ishlab chiqish. |
2022-yil iyul |
|||
6. Rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ish rejani tasdiqlash uchun kiritish. |
2022-yil iyul |
|||
4. |
“O‘zbek geologiya qidiruv” AJda xaridlar va boshqaruv tizimlarini auditdan o‘tkazish hamda “muvofiqlik tizimi” (komplayens) va korrupsiyaga qarshi xizmatlarni shakllantirishni nazarda tutadigan zamonaviy korporativ boshqaruv tizimini joriy etish. |
1. Korporativ boshqaruv tizimini ishlab chiqish uchun texnik topshiriq tayyorlash. |
2022-yil mart |
Moliya vazirligi |
2. Xalqaro nufuzli konsalting kompaniyalari orasida e’lon qilish va maslahatchini tanlash. |
2022-yil aprel |
|||
3. Korporativ boshqaruv tizimini ishlab chiqish. |
2022-yil may |
|||
4. Zamonaviy korporativ boshqaruv tizimini joriy etish. |
2022-yil iyul |
|||
5. |
“O‘zGEORANGMETLITI” davlat korxonasi ish faoliyatini samarali tashkil etish. |
1. Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan “O‘zGEORANGMETLITI” davlat korxonasini mas’uliyati cheklangan jamiyatga o‘tkazish orqali qayta tashkil etish yuzasidan tegishli Hay’at qarorini qabul qilish. |
2021-yil iyul |
Davlat geologiya qo‘mitasi (B. Islamov) |
2. “O‘zGEORANGMETLITI” davlat korxonasini Hay’at qarori asosida belgilangan tartibda “O‘zGEORANGMETLITI” MChJga o‘tkazish yo‘li bilan qayta tashkil etish. |
2021-yil avgust |
Davlat aktivlarini boshqarish
agentligi |
||
3. Yuqorida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish orqali ushbu jamiyatni belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish. |
2021-yil avgust |
Davlat geologiya qo‘mitasi (B. Islamov) |
||
6. |
“Geoltexta’minot” davlat korxonasi faoliyatini tugatish. |
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-iyuldagi PQ-4401-son, 2019-yil 18-noyabrdagi PQ-4522-son, 2020-yil 8-iyundagi PQ-4740-son qarorlari hamda 2020-2021-yillarga mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta to‘ldirish davlat dasturlari doirasida “Geoltexta’minot” DK tomonidan geologiya sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarni modernizatsiya qilish bo‘yicha ishlarni 2021-yilda yakunlash. |
2021-yil dekabr |
Davlat geologiya qo‘mitasi (B. Islamov) |
2. “Geoltexta’minot” DKning moddiy va nomoddiy boyliklarini xatlovdan o‘tkazish. |
2022-yil fevral |
|||
3. “Geoltexta’minot” DKni qonunchilikda belgilangan tartibda tugatish choralarini ko‘rish. |
2022-yil mart |
|||
7. |
“Geoterekalmaz” MChJdagi davlat aksiya paketini (ulushi) to‘lig‘icha ommaviy savdolar orqali xususiy sektorga sotish. |
“Geoterekalmaz” MChJdagi davlat aksiya paketini (ulushi) belgilangan tartibda ommaviy savdolarga chiqarish. |
2021-yil iyul |
Davlat aktivlarini boshqarish
agentligi |
8. |
“O‘zbekgeofizika” AJ va “Urankamyobmetgeologiya” AJlar faoliyatini samarali tashkil etish. |
1. “O‘zbekgeofizika” AJ va “Urankamyobmetgeologiya” AJlar kuzatuv kengashlari tarkibini qayta ko‘rib chiqish va kuzatuv kengashi hamda korxonalar boshqaruviga xorijiy tajribaga ega mutaxassislarni jalb etish orqali kuzatuv kengashi tarkibining kamida 30 foizini va korxona boshqaruvining kamida 3 nafar rahbar lavozimini malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish. |
2021-yil iyul |
Moliya vazirligi (O.
Nasritdinxodjayev), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A.
Ortiqov), Davlat geologiya qo‘mitasi (B. Islamov), “O‘zbekneftgaz”
AJ |
2. “O‘zbekneftgaz” AJning bajarilgan geofizika ishlari uchun “O‘zbekgeofizika” AJ oldidagi qarzdorligini so‘ndirish. |
2021-yil iyul |
|||
3. “O‘zbekgeofizika” AJ va “Urankamyobmetgeologiya” AJlarning yangilangan tashkiliy tuzilmalarini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2021-yil iyul |
|||
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-apreldagi PQ-4664-son qaroriga muvofiq “O‘zbekneftgaz” AJning ustav kapitaliga kapitalizatsiya qilingan va “O‘zbekneftgaz” AJga geologiya-qidiruv ishlari uchun yuqori texnologik jihozlarni xarid qilish” loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan ajratilgan kreditlar hisobiga xarid qilingan yuqori texnologik uskunalar bo‘yicha “O‘zbekgeofizika” AJning “O‘zbekneftgaz” AJ oldidagi qarzdorligini “O‘zbekneftgaz” AJ ustav kapitalidagi davlat ulushini kamaytirish hamda ushbu miqdorda “O‘zbekgeofizika” AJ ustav kapitalidagi davlat ulushini oshirish yo‘li bilan mos ravishda kapitalizatsiya qilish. |
2021-yil iyul |
|||
II. Kon-geologiya sohasining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish |
||||
9. |
2021 yil Investitsiya dasturidagi 6 ta investitsiya loyihalarini samarali amalga oshirishni ta’minlash. |
1. Barcha investitsiya loyihalari bo‘yicha 2021-yilgi geologiya-qidiruv ishlari hajmi va budjetini kelishish. |
2021-yil apre� |
Davlat geologiya qo‘mitasi (B. Islamov) |
2. Investitsiya loyihalari bo‘yicha kalendar rejalarini kelishish va holatini tizimli ravishda tahlil qilishni yo‘lga qo‘yish. |
2021-yil aprel |
|||
3. Loyihalar doirasida tuzilgan umumiy yig‘ilish, boshqaruv qo‘mitasi, ishchi guruhlar majlislarida qatnashish orqali loyihalarni samarali amalga oshirish. |
2021-yil har chorak yakunida |
|||
4. Dala geologiya-qidiruv ishlari doirasida tizimli monitoring va tajriba almashinuvi maqsadida qo‘mita geolog va mutaxassislarini joylarga tashrifini tashkil qilish. |
2021-yil har chorakda |
|||
5. Dala geologiya ishlari natijalarini tizimli ravishda hisobotlarini tahlil qilish. |
2021-yil noyabr |
|||
10. |
2021-yilda 50 ta kon va istiqbolli maydonlarni mahalliy va xorijiy investorlarga ochiq va shaffof mexanizmlar asosida foydalanishga berish. |
1. Investorlar uchun jozibador foydali qazilma obyektlarini tanlash va 2021-yilgi geologiya-qidiruv dasturi doirasida tegishli geologik loyihalarni belgilash. |
2021-yil aprel |
Davlat geologiya qo‘mitasi (B. Islamov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov) |
2. Geologiya-qidiruv loyihalari doirasida dala geologiya ishlarini jadallashtirib, foydali qazilma maydon va konlarining istiqbollarini geologik jihatdan asoslantirish. |
2021-yil avgust |
|||
3. Dala geologiya ishlari natijasida olingan namunalarni tahlil qilish, to‘plangan geologik ma’lumotlarni umumlashtirish va har bir obyekt bo‘yicha tizer, taqdimot materiallari portfelini shakllantirish. |
2021-yil sentyabr |
|||
4. Geologik obyektlar bo‘yicha investitsiya takliflarini �alohiyatli investorlar orasida diplomatik kanallar, biznes-forum, road-shou, taqdimotlar orqali keng targ‘ib qilish. |
2021-yil oktyabr |
|||
5. 50 ta obyektning barchasi bo‘yicha tayyorlangan materiallar to‘plamini auksion savdolariga joylashtirib, investorlarga taklif etish. |
2021-yil noyabr |
|||
11. |
Kon-geologiya sohasida investitsiyaviy jozibadorlikni yanada oshirish maqsadida tegishli soliq stavkalarini (royalti) jahon amaliyotga moslashtirish. |
1. Strategik muhim turdagi qattiq foydali qazilmalar bo‘yicha yer qa’ridan foydalanishga oid soliq stavkalarini (royalti) jahon amaliyotiga moslashtirish uchun xalq�ro ekspertlar xulosalari asosida tahliliy ma’lumotlar va takliflarni shakllantirish. |
2021-yil may |
Moliya vazirligi (D.
Sultanov), |
2. Asoslantirilgan takliflarni manfaatdor vazirliklar bilan muhokama qilish va normativ hujjatda umumlashtirish. |
2021-yil iyun |
|||
12. |
“Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi Qonunni yangi tahrirda ishlab chiqish va kelishishni ta’minlash. |
1. “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi Qonunni yangi tahrirda ishlab chiqish uchun maqbul xalqaro amaliyot va tahliliy ma’lumotlar bilan asoslantirish. |
2021-yil aprel |
Davlat geologiya qo‘mitasi (B. Islamov), manfaatdor vazirliklar va idoralar |
2. Qonun loyihasini manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasida himoya qilish. |
2021-yil iyun |
|||
13. |
Yer osti boyliklaridan foydalanishga doir ruxsatnomalar berish tart�bini yanada soddalashtirish va shaffoflikni ta’minlash. |
1. Foydali qazilmalar yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi ruxsatnomalarni berish tartibini elektron platformaga o‘tkazgan holda yanada takomillashtirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish. |
2021-yil may |
Davlat geologiya qo‘mitasi (B. Islamov), manfaatdor vazirliklar va idoralar |
2. Yer osti boyliklaridan foydalanishga doir ruxsatnomalarni to‘liq davlat xizmatlari elektron platformasi orqali “yagona darcha” tamoyilida berishni yo‘lga qo‘yish. |
2021-yil iyun |
|||
III. Geologiya-qidiruv ishlari samaradorligini oshirish, sohani raqamlashtirish hamda fan va amaliyot integratsiyasi |
||||
14. |
“Raqamli geologiya” tizimini yaratish doirasida geologik-qidiruv ishlari natijasida shakllanuvchi ma’lumotlarni o‘zida jamlovchi tizimlarni yaratish. |
1. Respublika bo‘yicha yer osti suvlari monitoring natijalarini avtomatik tarzda shakllantirish imkonini beruvchi yer osti suvlari holati monitoringini yuritish. |
2021-yil sentyabr |
Davlat geologiya qo‘mitasi (B. Islamov) |
2. Xavfli geologik jarayonlar vujudga kelish mumkin bo‘lgan hududlarda olib boriladigan monitoring jarayonini raqamlashtirish imkonini beruvchi xavfli geologik jarayonlarni monitoring qilish. |
2021-yil oktyabr |
|||
3. Foydali qazilma resurslarining davlat balansini yuritish imkonini beruvchi foydali qazilmalar davlat balansini yuritish. |
2021-yil noyabr |
|||
4. Jahon tajribasini o‘rgangan holda geologik hisobotlar arxivining ma’lumotlar bazasini yaratish maqsadida geologik ma’lumotlar milliy banki geoaxborot tizimini yo‘lga qo‘yish. |
2021-yil dekabr |
|||
15. |
Geologiya sohasida olib borilayotgan 57 ta ilmiy tadqiqot (tajriba-uslubiy, fundamental, amaliy va innovatsion) loyihalarini amalga oshirish va natijadorligini tizimli yo‘lga qo‘yish. |
1. Ilmiy, amaliy va innovatsion loyihalarni sifatli ta’minlash maqsadida Ilmiy texnik kengash faoliyatini tashkil etish. |
2021-yil may |
Davlat geologiya qo‘mitasi (B. Islamov) |
2. Ilmiy-tadqiqot institutlaridagi 29 nafar fan doktori va 106 nafar fan nomzodlari salohiyati asosida 57 ta ilmiy, amaliy va innovatsion loyihani samarali amalga oshirish. |
2021-yil noyabr |
|||
16. |
Tizimdagi ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan geologiya sohasi uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashni tizimli amalga oshirish. |
1. Tizimdagi ilmiy-tadqiqot institutlarida tahsil olayotgan 64 nafar, jumladan 4 nafar fan doktorligi, 22 nafar falsafa doktori (PhD), 38 nafar mustaqil tadqiqotchilar tomonidan ilmiy izlanishlarni olib borishini ta’minlash. |
2021-yil noyabr |
Davlat geologiya qo‘mitasi (B. Islamov) |
2. Ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari asosida 20 ta dissertatsiya ishlari himoyasini ta’minlash, shundan 15 nafari falsafa doktori (PhD) va 5 nafari fan doktori. |
2021-yil dekabr |
|||
17. |
Tizimdagi ilmiy-tadqiqot institutlarining Navoiy va Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinatlari, O‘zbekneftgaz kabi yirik sanoat korxonalari bilan fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqot loyihalari doirasida sohalararo kooperatsiyani yo‘l qo‘yish. |
Joriy yilda umumiy qiymati 15,9 mlrd so‘m bo‘lgan 25 ta loyihalar bo‘yicha ishlab chiqarishdagi dolzarb masalalar yechimiga bag‘ishlangan ilmiy-tadqiqot ishlarini hamkorlikda olib borish. Jumladan: Navoiy KMK bilan ko‘zda tutilgan 8 ta loyiha; Olmaliq KMK bilan 7 ta loyiha; “O‘zbekneftgaz” AJ bilan 6 loyihani amalga oshirish. |
2021-yil dekabr |
Davlat geologiya qo‘mitasi (B. Islamov), Navoiy KMK (Q. Sanaqulov), Olmaliq KMK (A. Xursanov), “O‘zbekneftgaz” AJ (M. Abdullayev) |
IV. Orolbo‘yi hududida yer osti suvlaridan samarali foydalanish |
||||
18. |
Orolbo‘yi hududida yer osti suvlaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish. |
1. Orolbo‘yi hududida ekologik balansni saqlash, aholi turmush tarzini yaxshilash hamda chorvachilikni rivojlantirish, yer osti suvlaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish maqsadida hudud salohiyatini o‘rganish. |
2021-yil may |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Vazirlar Kengashi |
2. O‘rganish natijalari asosida mavjud yer osti suvlari zaxiralari hajmi va sifatidan kelib chiqib, ularga nisbatan ehtiyoji bo‘lgan hududlarni aniqlash hamda har bir quduqdan foydalanishning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatini inobatga olgan holda suvga quduqlar qazish bo‘yicha yillik manzilli dasturlar tuzish va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan tasdiqlash. |
2021-yil iyul |
|||
3. Manzilli dasturlarga kiritilgan tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan doimiy monitoring olib borish va Vazirlar Mahkamasiga hisobot kiritish. |
2021-yil dekabr |
|||
19. |
Orolbo‘yi hududida yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ilash faoliyatiga xususiy sektorni jalb qilish. |
1. Orolbo‘yi hududida yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ilash faoliyatiga davlat-xususiy sheriklik mexanizmini joriy qilish. |
2021-yil oktyabr |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Vazirlar Kengashi |
2. Davlat-xususiy sherikchilik asosida yer osti suvlariga quduqlar qazish ishlarini moliyalashtirish manbalarini aniqlash. |
2021-yil noyabr |
|||
3. Quduqlarni ekspluatatsiya qilishda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan hamda suvni tejaydigan texnologiyalardan keng foydalanishni yo‘lga qo‘yish. |
2022-yil fevral |
|||
4. Qazilgan quduqlardan samarali foydalanish yuzasidan tizimli monitoring olib borishni ta’minlash. |
2022-yil mart |
* O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-oktabrdagi
“Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat
aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6096-son
Farmoniga 1-ilova
bilan tasdiqlangan geologiya sohasi korxonalarini transformatsiya qilish
choralari va muddatlari “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ tashkil etilishiga qarab
o‘zgarishi mumkin.
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi PQ-5083-son qaroriga
2-ILOVA
O‘zbekiston
Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining
TAShKILIY TUZILMASI
O‘zbekiston Respublikasi Davlat geo�ogiya va mineral resurslar qo‘mitasi |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ |
“Kon-geologiya faoliyatni nazorat qilish inspeksiyasi” DM |
“Geologiya fanlari universiteti” DM |
Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha Davlat komissiyasi |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
“O‘zGEORANGMETLITI” MChJ |
Mineral resurslar instituti Geologiya va geofizika instituti Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti Neft va gaz konlari geologiyasi va qidiruvi instituti Geologiya sohasi kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti Geologiya muzeyi |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
“Davlat geologiya axborot markazi” DK |
“O‘zbekiston Respublikasi Xav�li geologik jarayonlarni kuzatish davlat xizmati” DM |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
“O‘zbekgeofizika” AJ |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
“Regionalgeologiya” DK |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
“Geologiya-marksheyderlik xizmati” DK |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
“Urankamyobmetgeologiya” AJ |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
“O‘zbekgidrogeologiya” DK |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
“Geoltexta’minot” DK* |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
“Kitob geologiya milliy tabiat bog‘i” DM |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
* 2022-yilda faoliyati tugatiladi.
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi PQ-5083-son qaroriga
3-ILOVA
2021-2022-yillarda
foydali qazilmalarning yangi konlarini aniqlashga istiqbolli maydon va
strukturalarda bajariladigan geologiya-qidiruv ishlarining asosiy yo‘nalishlari
T/r |
Obyekt nomlari va yo‘nalishlari |
Loyiha soni |
O‘lchov |
Foydali qazilmalarning o‘sish rejasi |
|||
resurslar |
zaxiralar |
||||||
2021-yil |
2022-yil |
2021-yil |
2022-yil |
||||
Jami |
172 |
||||||
1. |
Yer qa’rini regional o‘rganishning kompleks tadqiqotlari |
9 |
|||||
Kosmogeologik tadqiqotlar |
1 |
km2 |
600 |
2000 |
|||
Geofizik tadqiqotlar |
3 |
km2 |
2290 |
2300 |
|||
Geologik-tasvirlash ishlari |
5 |
km2 |
710 |
710 |
|||
2. |
Oltin, respublika bo‘yicha jami: |
70 |
tonna |
175 |
200 |
110 |
112 |
Markaziy Qizilqum regioni (ishlanayotgan obyektlar: Taushan, Yangikazgan, Janubiy Karashoxo, Sharqiy Dovgiz, Karabugut, Qumtosh, Dovgiztov, Tomdibuloq, Tayman, Balpantov, Chuqurquduq, Besapantov, Daykali, Tulkitov, Qasqirtov, Elsoy, Muruntov, Shimoliy Bo‘ztov; yangi obyektlar: Odilsoy, Aktosti, Qirqchirta, Geoximik, Chalcharatov, Djasaul va b.) |
34 |
tonna |
79 |
114 |
82 |
83 |
|
Nurota va Zirabuloq-Ziyovuddin regionlari (ishlanayotgan obyektlar: Yangi Davon, Toshkon, Shimoliy Gumsoy, Kuchumsoy, Salin, Oybodom, Pistali, Biran, Sarmich, O‘rtaliq, Maulyan, Zarmitan, Oltin Diyor, Lapaq; yangi obyektlar: Bayram, Davlatxo‘ja-Uzunsoqol, Zargar, Avliyo va b.) |
25 |
tonna |
70 |
60 |
16 |
16 |
|
Janubiy O‘zbekiston regioni (ishlanayotgan obyektlar: Akba, yangi obyektlar: Kaulyuk, Sharqiy Kaulyuk va b.) |
5 |
tonna |
20 |
15 |
1 |
2 |
|
Chotqol-Qurama regioni va Farg‘ona vodiysi (ishlanayotgan obyektlar: Qizilolmasoy, Kochbuloq, Pirmirob, Quyikenjasoy; yangi obyektlar: Orayliq va b.) |
6 |
tonna |
6 |
11 |
11 |
11 |
|
3. |
Kumush, respublika bo‘yicha jami: |
9 |
tonna |
175 |
200 |
345 |
355 |
Markaziy-Qizilqum regioni (Djasaul va b.) |
1 |
tonna |
25 |
30 |
50 |
50 |
|
Chotqol-Qurama regioni va Farg‘ona vodiysi (ishlanayotgan obyektlar: Qizilolmasoy, Pirmirob, Quyikauldi, Miskon, Lashkerek, Kulcho‘loq va b.) |
6 |
tonna |
120 |
135 |
280 |
285 |
|
Janubiy O‘zbekiston regioni (ishlanayotgan obyektlar: Xondiza, Maydonsoy va b.) |
2 |
tonna |
30 |
35 |
15 |
20 |
|
4. |
Uran |
24 |
tonna |
12000 |
12500 |
3500 |
3500 |
Bukantov va Tomditov uranma’danli rayonlari (ishlanayotgan obyektlar: Oqtov, Baymin, Janubiy Sugrali va b.; yangi obyektlar: Ziyokon va b.) |
5 |
tonna |
1000 |
1500 |
300 |
650 |
|
Auminza-Kuljuktau uranma’danli rayonlari (yangi obyektlar: Tomdiquduq-To‘lantosh va b.) |
1 |
tonna |
2200 |
500 |
200 |
||
Nurota uranma’danli rayoni (ishlanayotgan obyektlar: Oqsoy, Shimoliy Konimex, Aulbek, Nurkon, Alendi, Shimoliy Bukinoy, Malikrabot va b.; yangi obyektlar: Sharqiy Lavlyakon, Arnasoy va b.) |
11 |
tonna |
4500 |
6500 |
1750 |
1400 |
|
Zirabuloq-Ziyovuddin uranma’danli rayoni (ishlanayotgan obyektlar: Agron, G‘arbiy Agron, Janubiy-Ingichka, Sharq, Maybuloq va b.; yangi obyektlar: Markaziy Agron, Tuvaktov va b.) |
7 |
tonna |
4300 |
4000 |
1450 |
1250 |
|
5. |
Mis, respublika bo‘yicha jami: |
5 |
ming tonna |
445 |
445 |
240 |
255 |
Sultonuvays, Toshkentoldi, Shimoliy-Farg‘ona regionlari (Qorabuloq, Saricheku, Miskon, Quyikauldi va b.) |
5 |
ming tonna |
445 |
445 |
240 |
255 |
|
6. |
Qo‘rg‘oshin/rux, respublika bo‘yicha jami: |
6 |
ming tonna |
54 |
56 |
42 |
51 |
58 |
65 |
41 |
48 |
||||
Chotqol-Qurama regioni va Farg‘ona vodiysi (Lashkerek konining Markaziy uchastkasi, Kulchuloq va b.) |
3 |
ming tonna |
20 |
20 |
32 |
32 |
|
10 |
10 |
23 |
23 |
||||
Janubiy-O‘zbekiston regioni (Markaziy, Maydonsoy, Xondiza konining Shimoliy uchastkasi, Uchkuloch va b.) |
3 |
ming tonna |
34 |
36 |
10 |
19 |
|
48 |
55 |
18 |
25 |
||||
7. |
Volfram |
3 |
tonna |
8000 |
8000 |
8000 |
8000 |
Janubiy-O‘zbekiston regioni (Xodjadiq, Sharqiy Sariko‘l, Oqsoy, Yaxton va b.) |
3 |
tonna |
8000 |
8000 |
8000 |
8000 |
|
8. |
Kamyob metallar va kamyob yer elementlari |
3 |
tonna |
3000 |
3000 |
||
Markaziy Qizilqum regioni (Ustuk, To‘zbuloq, Daykali va b.) |
3 |
tonna |
3000 |
3000 |
|||
9. |
Uglevodorodlar (istiqboldagi resurslar) |
40 |
mln t.sh.yo. |
55 |
56 |
||
Izlash-qidirish ishlari |
40 |
mln t.sh.yo. |
55 |
56 |
|||
Ustyurt regioni |
12 |
mln t.sh.yo. |
20 |
20 |
|||
Buxoro-Xiva regioni |
22 |
mln t.sh.yo. |
30 |
32 |
|||
Farg‘ona regioni |
6 |
mln t.sh.yo. |
5 |
4 |
|||
10. |
Noruda foydali qazilmalar: |
||||||
ko‘mir |
mln tonna |
9 |
4 |
||||
kvars |
ming tonna |
250 |
250 |
||||
bazalt |
ming tonna |
300 |
300 |
||||
listvenit |
ming tonna |
6 |
|||||
ohaktosh |
mln tonna |
55 |
8,1 |
||||
fosforit |
mln tonna |
6 |
|||||
inert materiallar |
mln tonna |
10 |
1,5 |
||||
qum-shag‘al aralashmasi |
mln tonna |
4 |
4 |
||||
granit |
mln tonna |
1,2 |
|||||
marmar |
mln tonna |
5 |
|||||
gips |
ming tonna |
250 |
|||||
dolomit |
mln tonna |
1,5 |
|||||
11. |
Yer osti suvlari |
3 |
ming m3/sut |
121 |
125 |
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi PQ-5083-son qaroriga
4-ILOVA
2021-2022-yillarda
respublika mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash uchun
foydali qazilma zaxiralarini ko‘paytirishning asosiy ko‘rsatkichlari
T/r |
Foydali qazilma turlari |
O‘lchov birligi |
2021-yil rejasi |
shu jumladan |
2022-yil rejasi |
|||
I chorak |
II chorak |
III chorak |
IV chorak |
|||||
1. |
Oltin |
tonna |
110 |
12 |
32 |
66 |
112 |
|
2. |
Kumush |
tonna |
345 |
10 |
20 |
60 |
255 |
355 |
3. |
Uran |
ming tonna |
3,5 |
0,5 |
0,8 |
2,2 |
3,5 |
|
4. |
Mis |
ming tonna |
240 |
20 |
60 |
160 |
255 |
|
5. |
Qo‘rg‘oshin |
ming tonna |
42 |
12 |
30 |
51 |
||
6. |
Rux |
ming tonna |
41 |
12 |
29 |
48 |
||
7. |
Volfram |
ming tonna |
8 |
0,5 |
2 |
5,5 |
8 |
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi PQ-5083-son qaroriga
5-ILOVA
2021-2022-yillarda
“Olmaliq KMK” AJ tomonidan birlashgan Qalmoqqir va Yoshlik-I konlarining qayta
baholanishi hisobiga foydali qazilma zaxiralarini ko‘paytirishning asosiy
ko‘rsatkichlari
T/r |
Foydali qazilma |
O‘lchov birligi |
2021-yil rejasi |
2022-yil rejasi |
2021-2022-yil rejasi |
1. |
Oltin |
tonna |
320 |
114 |
434 |
2. |
Kumush |
tonna |
1 610 |
577 |
2 187 |
3. |
Mis |
ming tonna |
2 582 |
925 |
3 507 |
4. |
Molibden |
ming tonna |
36 |
13 |
49 |
Izoh: foydali qazilma zaxiralarini ko‘paytirish birlashgan
Qalmoqqir va Yoshlik-I konlarining quyi gorizontlari va yon tomonlari
(flanglari) zaxiralarini qayta baholash hisobiga ta’minlanadi.
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi PQ-5083-son qaroriga
6-ILOVA
Davlat geologiya
qo‘mitasi va “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan amalga oshiriladigan neft va gaz
maydonlari hamda konlarida geologiya qidiruv ishlarini rivojlantirish bo‘yicha
ChORA-TADBIRLAR REJASI
T/r |
Chora-tadbirlar |
Amalga oshirish mexanizmi va bajarish muddatlari |
Mas’ullar: |
|
ijro uchun |
nazorat uchun |
|||
1. |
“O‘zbekneftgaz” AJning uglevodorod xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta to‘ldirish dasturini (keyingi o‘rinlarda — Dastur) yanada takomillashtirish. |
1. “O‘zbekneftgaz” AJ bo‘yicha 2021-yilgi Dasturda Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan taqdim etiladigan 15 ta istiqbolli maydonlarda izlov quduqlarini burg‘ilash ishlarini tashkil qilish. 2021-yil dekabr 2. “O‘zbekneftgaz” AJning 2021-yilgi va keyingi yillardagi Dasturlar doirasida geofizika ishlarini rivojlantirish rejalari asosida belgilangan geofizika ishlarini amalga oshirish. Belgilangan muddatlarda 3. “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan neft va gazga istiqbolli yangi maydonlarda qidiruv quduqlarini burg‘ilash ishlarini amalga oshirish. 2021-2022-yillarda |
“O‘zbekneftgaz” AJ (M. Abdullayev), Davlat geologiya qo‘mitasi “O‘zbekgeofizika” AJ (A. Toshqulov) |
Vazirlar Mahkamasining (A. Jumanazarov) |
2. |
“O‘zbekneftgaz” AJning o‘zlashtirilayotgan neft va gaz konlari quyi qatlamlarining geologik tuzilishini o‘rganish, yangi uglevodorod uyumlarini aniqlash va uch o‘lchamli geologik modellarini tuzish. |
1. O‘zlashtirilayotgan neft va gaz konlarining quyi qatlamlarida uglevodorod uyumlari ochilishi kutilayotgan konlar ro‘yxatini shakllantirish. 2021-yil may 2. Quyi qatlamlarida uglevodorod uyumlari ochilishi kutilayotgan konlarda 3D seysmorazvedka ishlarini o‘tkazish uchun loyiha smeta hujjatlarini tayyorlash. 2021-yil may 3. Tanlangan konlar hududida 3D seysmorazvedka ishlarini o‘tkazish va uch o‘lchamli modellarini tuzish. 2021-yil mayidan 4. Aniqlangan quyi qatlamlardagi strukturalarga izlov quduqlarini burg‘ilash. 2021-2022-yillar |
“O‘zbekneftgaz” AJ (M. Abdullayev) Davlat geologiya qo‘mitasi “O‘zbekgeofizika” AJ (A. Toshqulov), Neft va gaz konlari geologiyasi va qidiruvi instituti (R. Yusupjonov) |
Vazirlar Mahkamasining (A. Jumanazarov) |
3. |
“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan o‘zlashtirilayotgan konlarda hisoblangan gaz zaxiralari tahlilini o‘tkazish. |
1. “O‘zbekneftgaz” AJ Davlat geologiya qo‘mitasi bilan birgalikda uglevodorod konlarining qazib olinayotgan va loyihadagi hajmlarini tahlil qilish, zaxiralar hisobi tafovuti aniqlangan konlar ro‘yxatini shakllantirish. 2021-yil iyun 2. Aniqlangan konlarning uglevodorod zaxiralarini qayta hisoblash va o‘rnatilgan tartibda tasdiqlash choralarini ko‘rish. 2021-2022-yillarda, jadval asosida |
“O‘zbekneftgaz” AJ (M. Abdullayev), Davlat geologiya qo‘mitasi “O‘zbekgeofizika” AJ (A. Toshqulov), Neft va gaz konlari geologiyasi va qidiruvi instituti (R. Yusupjonov) |
Vazirlar Mahkamasining (A. Jumanazarov) |
4. |
Neft va gaz konlari geologiyasi sohasida ilm-fan va amaliyotning integratsiyasini kuchaytirish, ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini ishlab chiqarishga tatbiq etish. |
1. Neft va gaz konlari geologiyasi sohasidagi dolzarb muammolar yechimiga yo‘naltirilgan ilmiy loyihalar portfelini shakllantirish. 2021-yil may 2. Ilmiy loyihalarni kelishilgan muddatlarda amalga oshirish, olingan natijalarni amaliyotga tatbiq etish. 2021-2022-yillarda, jadval asosida |
“O‘zbekneftgaz” AJ (M. Abdullayev), Davlat geologiya qo‘mitasi Geologiya fanlari universiteti |
Vazirlar Mahkamasining (A. Jumanazarov) |
5. |
Uglevodorod xomashyo resurslarini baholash jarayonini raqamlashtirishga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilinishini ta’minlash. |
1. Uglevodorod xomashyo resurslari, mavjud geologik ma’lumotlarni raqamlashtirishga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish mexanizmini ishlab chiqish. 2021-yil dekabr 2. Uglevodorod xomashyo resurslari hisobini raqamli tizimlarni qo‘llash orqali yuritish jarayonini tahlil qilish, istiqbollarini belgilash. Tarmoq jadvaliga muvofiq 3. Jarayonga raqamlashtirish va geoaxborot tizimlarini joriy qilish choralarini amalga oshirish. Doimiy ravishda |
“O‘zbekneftgaz” AJ (M. Abdullayev), Davlat geologiya qo‘mitasi Neft va gaz �onlari geologiyasi va qidiruvi
instituti Davlat geologiya axborot markazi (A. Varisov) |
Vazirlar Mahkamasining (A. Jumanazarov) |
6. |
“O‘zbekgeofizika” AJ balansidagi ko‘p qavatli turar-joylarni tegishli mahalliy davlat hokimiyatlari balansiga, ular bilan bog‘liq infrastruktura obyektlarini (issiqlik va elektr energiyasi ta’minoti tarmoqlari va boshqalar) tegishliligi bo‘yicha manfaatdor tashkilotlar balansiga o‘tkazish. |
1. “O‘zbekgeofizika” AJ balansidagi ko‘p qavatli turar-joylarni (Toshkent viloyati, Qibray tumanida 23 ta uy, Toshkent shahar, Uchtepa tumanida 1 ta uy), ular bilan bog‘liq infrastruktura obyektlarini (1,5 km issiqlik ta’minoti quvurlari, 3,5 km elektr energiyasi tarmog‘i, 3 ta transformator nimstansiyasi) xatlovdan o‘tkazish. 2021-yil may 2. Mazkur ko‘p qavatli turar-joylarni va ular bilan bog‘liq infrastruktura obyektlarini hozirgi holatida mahalliy davlat hokimiyatlari va manfaatdor tashkilotlar balansiga o‘tkazish. 2021-yil iyul |
Davlat aktivlarini boshqarish
agentligi Davlat geologiya qo‘mitasi Toshkent viloyati hokimligi Toshkent shahar hokimligi (J. Ortiqxo‘jayev) |
Vazirlar Mahkamasining (A. Jumanazarov) |
7. |
“O‘zbekneftgaz” AJ tizimida geologiya yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning bilim darajasini va ko‘nikmalarini oshirish. |
1. “O‘zbekneftgaz” AJ tizimida geologiya yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar ro‘yxatini shakllantirish. 2021-yil may 2. Mazkur
mutaxassislar malakasini oshirish kurslari dasturlari va jadvallarini
shakllantirish 2021-yil iyun 3. Mutaxassislarning Geologiya fanlari universitetida zamonaviy talablar va jahon standartlari asosida bilim va ko‘nikmalarini oshirish. Jadval asosida |
“O‘zbekneftgaz” AJ (M. Abdullayev), Geologiya fanlari universiteti |
Vazirlar Mahkamasining (A. Jumanazarov) |
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi PQ-5083-son qaroriga
7-ILOVA
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va
qo‘shimcha
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-sentabrdagi “Suv
obyektlarini muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PQ-3286-son qarorida:
a)
1-bandning oltinchi
xatboshisidagi “litsenziyaga” so‘zi “ruxsatnomaga” so‘zi bilan
almashtirilsin;
b)
3-bandning ikkinchi
xatboshisidagi “litsenziyalarda” so‘zi “ruxsatnomalarda” so‘zi bilan
almashtirilsin.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-yanvardagi “Mamlakat iqtisodiyotining
tarmoqlarini talab yuqori bo‘lgan mahsulot va xomashyo turlari bilan barqaror
ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3479-son qarori 4-bandining birinchi,
uchinchi,
to‘rtinchi
xatboshilaridagi tegishli kelishikdagi “litsenziya” so‘zi tegishli
kelishikdagi “ruxsatnoma” so‘zi bilan almashtirilsin.
3.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-martdagi “O‘zbekiston
Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi faoliyatini tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3578-son qarori 5-bandi
quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5.
Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
yer
osti suvlari qismi bo‘yicha suvdan maxsus va ehtiyoj yuzasidan foydalanish
uchun ruxsatnoma belgilangan tartibda Davlat geologiya qo‘mitasining hududiy
gidrogeologik stansiyalari tomonidan Davlat xizmatlari markazlari orqali
beriladi;
yer
qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruxsatnomalar belgilangan
tartibda Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan “Litsenziya” axborot tizimi
orqali beriladi;
yer
qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan taqdim etiladigan konchilik ishlarini
rivojlantirish rejalarini belgilangan tartibda kelishish, shuningdek, ularni
qazib olish hajmlari to‘g‘risidagi yillik hisobotlarni qabul qilish va ularni
keyinchalik Davlat geologiya qo‘mitasining Davlat geologiya fondiga yuborish:
noruda
foydali qazilmalar bo‘yicha — Inspeksiyaning hududiy bo‘linmalari;
rudali
foydali qazilmalar va uglevodorodlar bo‘yicha Inspeksiya tomonidan amalga
oshiriladi.
Bunda,
mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan
ruxsatnomalarni olish uchun ariza va unga ilova qilingan hujjatlar Yagona
interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ham berilishi mumkin”.
4.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-noyabrdagi “Qimmatbaho
metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish
uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4030-son
qarorining 2-bandi
quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2.
Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra:
qimmatbaho
metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyati yer qa’ridan
foydalanishning alohida turi hisoblanadi va u yer qa’ri uchastkalarida amalga
oshiriladi;
qimmatbaho
metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish
uchun yer qa’ri uchastkalari, shu jumladan o‘lchamlari 5 gektargacha bo‘lgan
sochma oltin konlari taqdim etiladi;
qimmatbaho
metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish
uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruxsatnoma beriladi,
bunda bitta talabgorga ruxsatnoma asosida berilgan yer qa’ri uchastkalarining
umumiy maydoni yil davomida 20 gektardan oshmasligi lozim;
qimmatbaho
metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish uchun
yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruxsatnomalarga faqat
O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari, xususan O‘zbekiston Respublikasi
fuqarosi bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkor maqomiga ega jismoniy shaxslar
hamda ustav kapitali (jamg‘armasi)da O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan
jismoniy shaxsning ulushi 70 va undan ortiq foizga ega bo‘lgan yuridik shaxslar
talabgor bo‘lishi mumkin;
qimmatbaho
metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish
uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruxsatnomaga talabgor
bo‘lishi mumkin bo‘lgan yuridik shaxslar ishchi-xodimlarining 70 foizi
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi lozim;
qimmatbaho
metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish
uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga ruxsatnoma O‘zbekiston
Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan
“E-AUKSION” elektron savdo maydonchasidagi elektron auksion yakunlari bo‘yicha
belgilangan tartibda “Litsenziya” axborot tizimi orqali 3 yil muddatga
beriladi;
elektron
auksionni o‘tkazish va mazkur qarorga muvofiq ruxsatnomani berishning umumiy
muddati “E-AUKSION” elektron savdo maydonchasida amalga oshiriladigan barcha
jarayonlarni o‘z ichiga olgan holda, istisno tariqasida, 15 kundan oshmaydi;
qimmatbaho
metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish
uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini savdoga qo‘yishning
boshlang‘ich narxi har bir gektariga O‘zbekiston Respublikasi hududida
belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 35 baravari miqdorida belgilanadi.
Bunda to‘liq bo‘lmagan gektarlar uchun boshlang‘ich narx 1 gektar yer uchun
belgilangan narxni yer maydonining o‘lchamiga ko‘paytirish orqali aniqlanadi;
qimmatbaho
metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olishga ruxsat beriladigan yer qa’ri
uchastkalari ro‘yxati har yili O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va
mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi;
ruxsatnomani
yoki yer qa’ri uchastkasidan (to‘liq yoki qisman) foydalanish huquqini uchinchi
shaxslarga berish (topshirish), shuningdek, bitta yer qa’ri uchastkasidan
foydalanish huquqiga ruxsatnomani bir necha shaxsga berishga yo‘l qo‘yilmaydi;
qimmatbaho
metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyati bilan
shug‘ullanuvchi shaxslarning reyestrini yuritish va ularga ajratilgan yer qa’ri
uchastkalarining davlat nazorati O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va
mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi;
oltin
izlovchilar usulida qazib olingan qimmatbaho metallarni realizatsiya qilish
affinaj faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega yuridik
shaxslarga, shu jumladan “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” va “Navoiy
kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatlariga, shuningdek, qimmatbaho
metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik va boshqa buyumlar ishlab chiqarish
faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega yuridik shaxslarga va yakka tartibdagi
tadbirkorlarga kelishilgan narxlarda amalga oshiriladi;
qimmatbaho
metallarni yashirish, shu jumladan uni 6 oy ichida realizatsiya qilmaslik,
shuningdek, qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish
chog‘ida ishlarni bexatar olib borish talablarining buzilishi oqibatida
insonlarning og‘ir tan jarohati olishi yoki o‘limiga olib kelishi ruxsatnomani
bekor qilish va mazkur faoliyat bilan shug‘ullanishni bir yil davomida cheklash
uchun asos bo‘ladi;
qimmatbaho
metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish
uchun berilgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi tugatilgandan so‘ng,
yer qa’ridan foydalanuvchilar zimmasiga yer qa’ri uchastkalarini rekultivatsiya
qilish va ularni keyinchalik foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish
majburiyati yuklanadi.
Belgilansinki,
mazkur bandning to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilarida nazarda
tutilgan talablar 2021-yil 1-maydan boshlab beriladigan qimmatbaho metallarni
oltin izlovchilar usulida qazib olish huquqini beruvchi ruxsatnomalarga
nisbatan tatbiq etiladi”.
5.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi “Noruda foydali
qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish
samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
PQ-4078-son qarorida:
a)
1-bandning uchinchi,
beshinchi —
yettinchi xatboshilardagi tegishli kelishikdagi “litsenziya” so‘zi
tegishli kelishikdagi “ruxsatnoma” so‘zi bilan almashtirilsin;
b) 2-bandda:
uchinchi
xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2020-yil
1-yanvardan barcha noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri
uchastkalaridan foydalanish (daryo o‘zanlarini tozalash jarayonida qum-shag‘al
materiallarini qazib olish bundan mustasno) huquqi uchun ruxsatnomalar
O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi
tomonidan “E-AUKSION” elektron savdo maydonchasidagi elektron auksion yakunlari
asosida 20 kundan oshmagan muddatda belgilangan tartibda “Litsenziya” axborot
tizimi orqali beriladi. Bunda ruxsatnomani olish uchun ariza va unga ilova
qilingan hujjatlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ham
berilishi mumkin”;
to‘rtinchi
xatboshidagi “litsenziya” so‘zi “ruxsatnoma” so‘zi bilan
almashtirilsin;
v)
4-bandning birinchi
xatboshisidagi “litsenziyaga” so‘zi “ruxsatnomaga” so‘zi bilan
almashtirilsin.
6.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-iyuldagi “Yer qa’rini
geologik jihatdan o‘rganishni yanada takomillashtirish va 2020-2021-yillarda
mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash davlat dasturini
amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4401-son qarorida:
a) 2-bandda:
ikkinchi
va uchinchi
xatboshilar chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi
xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin;
b) 1 va 2-ilovalar
o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
7.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-noyabrdagi “Neft va gaz
geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va olib borish tizimini
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4522-son qarorida:
a) 8-banddagi
“litsenziya” so‘zi “ruxsatnoma” so‘zi bilan almashtirilsin;
b)
12-bandning birinchi
va ikkinchi
xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Quyidagi
mexanizm joriy etilsin, unga muvofiq:
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi “Strategik muhim turdagi qattiq
foydali qazilma konlarini geologik o‘rganish va o‘zlashtirishga xorijiy
investitsiyalar jalb qilishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PQ-3000-son qarorida ko‘rsatilgan strategik foydali qazilma turlari mavjud yer
qa’ri uchastkalarini foydalanishga topshirish ruxsatnomalarni berish
shaffofligini ta’minlovchi auksion savdolar asosida belgilangan tartibda “Litsenziya”
axborot tizimi orqali amalga oshiriladi. Bunda ruxsatnomani olish uchun ariza
va unga ilova qilingan hujjatlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
orqali ham berilishi mumkin”.
8.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-martdagi “Navoiy
kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasini isloh qilish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PQ-4629-son qarorida:
a)
7-bandning uchinchi
xatboshisidagi va 13-bandning ikkinchi
xatboshisidagi “litsenziyalar” so‘zi “ruxsatnomalar” so‘zi bilan
almashtirilsin;
b)
2-ilovaning nomidagi
tegishli kelishikdagi “litsenziya” so‘zi tegishli kelishikdagi “ruxsatnoma”
so‘zi bilan almashtirilsin.
(Qonun
hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2021-y., 07/21/5083/0371-son)